Rossiya

Moskva masjidlarida bu yilgi hayit namozi ommaviy boʻlmaydi

© Sputnik / Gleb Kiselev / Fotobankka oʻtishMoskovskaya sobornaya mechet otkrыlas posle rekonstruktsii
Moskovskaya sobornaya mechet otkrыlas posle rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, Moskvadagi musulmonlarga Roʻza hayiti namozini oila davrasida oʻqish tavsiya etildi, shayx Ravil Gʻaynutdin nutqi onlayn translyatsiya qilinadi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Moskvaning eng yirik Jome, Tarixiy hamda Xotira masjidlarida 2021 yilgi Roʻza hayiti namozi ommaviy boʻlmaydi. Bu haqida Rossiya Musulmonlari Maʼnaviy boshqarmasi (DUM) matbuot xizmati xabar qildi.
“2021 yilning 13 may kuni - Id il-Fitr – Roʻza-bayramini nishonlash kuni Moskvaning Jome, Tarixiy va Xotira masjidlarida hayit namozlari ommaviy boʻlmaydi. Ushbu kunda masjidlar keluvchilarni qabul qilmaydi”, - deyilgan xabarda.
Hayit namozlarida faqat ushbu uch masjid ulamolari hamda Rossiya Musulmonlar boshqarmasi vakillari ishtirok etishadi. Muftiy shayx Ravil Gʻaynutdinning chiqishi Rossiya DUMining rasmiy YouTube-kanalida translyatsiya qilinadi.
Xabarda aytilishiga koʻra, ommaviy tadbirlarda ummaning koronavirusga chalishin xavfi yuqori boʻlgani hamda Moskvada ommaviy tadbirlar oʻtkazishga taʼqiq saqlanib qolayotgani sababli ana shunday qaror qabul qilingan.
Rossiya Musulmonlar maʼnaviy boshqarmasi hayit namozini uyda oʻqishni va bayram tadbirlarini oila davrasida oʻtkazishni soʻraydi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala