Jamiyat

Oʻzbekiston 4ta Airbus vertolyotini sotib oladi

© Foto : Tom Andreas ØstremKitaysko-frantsuzskiy mnogotselevoy vertolet AC352
Kitaysko-frantsuzskiy mnogotselevoy vertolet AC352 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Uzbekistan Helicopters 4 dona Airbus H125 va H130 vertolyotlarini sotib oladi.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. UzAirways milliy aviakompaniyasining shoʻba korxonasi - Uzbekistan Helicopters operatori 4 dona Airbus H125 va H130 vertolyotlariga buyurtma berdi. Bu haqda “AviaStat” agentligi xabar qildi.
Uzbekistan Helicopters rahbari Aziz Safiullin taʼkidlashicha, Airbus H125 va H130 vertolyotlari parvoz xizmatlari sifatini yanada oshiradi.
Vertoletы Mi-35 dlya voorujennыx sil Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2020
Kolumnistlar
Qozogʻiston Oʻzbekistonni “vertolyot poygasida” quvib oʻtishga harakat qilmoqda
Airbus Helicopters kompaniyasining Oʻzbekistondagi savdo direktori Romen Lananing soʻzlariga koʻra, Ecureuil oilasiga kiruvchi koʻp funktsiyali va ishonchli vertolyotlar respublika iqlim sharoitiga mos keladi.
H125 (ilgari AS350 B3e) baland togʻli hudud va issiq iqlim sharoitida uchishi mumkin. Vertolyot yoʻlovchilar uchun 6ta oʻrindiq, uchuvchilar uchun 1ta yoki 2ta oʻrindiqqa ega.
H130 vertolyoti yoʻlovchi va VIP-tashuvlar, ekskursiya parvozlari, sanitariya aviatsiya va kuzatuv ishlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan. Salon 1ta uchuvchi va 7ta yoʻlovchi oʻrindigʻiga ega. Tibbiyot xodimlari uchun model ham bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala