Dunyoda

AQShning 120dan ziyod sobiq generallari Jo Baydenning ruhiy salomatligiga shubha bildirishdi

© AFP 2018 / CHIP SOMODEVILLAPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Sobiq harbiylar prezidentning mamlakatni boshqarish qobiliyatiga shubha bildirishdi. Ular "millat katta xavf ostida", deya bayonot qilishdi
TOSHKENT, 13 may — Sputnik. AQShda 124 nafar isteʼfodagi generallari prezident Jo Bayden tanqid qilingan maktub ostiga imzo chekdilar, deb xabar bermoqda The Politico.
Sobiq harbiylar davlat rahbarining ruhiy va jismoniy holatiga shubha bildirib, "millat katta xavf ostida qolmoqda", deya taʼkidlaganlar.
""AQSH Qurolli Kuchlari bosh qoʻmondonining ruhiy va jismoniy holatini eʼtiborsiz qoldirib boʻlmaydi. U milliy xavfsizlik sohasida istalgan joyda, kechayu kunduz - tezlikda aniq qarorlarni qabul qila olishi kerak", - deya taʼkidlaganlar maktub mualliflari.
Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
Bayden AQSH mudofaa vazirining ismi va Pentagon nomini esidan chiqarib qoʻydi
Murojaatda aytilishicha, amaldagi maʼmuriyat "Kongressni chetlab oʻtgan holda tezlikda 50 dan ortiq ijro buyruqlarini imzolab, binobarin ularning aksariyati oldingi rahbariyatning samarali siyosatini bekor qilgan, Amerika fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlariga diktatura usulida keng koʻlamli hujum uyushtirgan".

Generallar FBR va Oliy sudni saylovlarda qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgani oshkor boʻlganida, tezlikda harakat qilishga, "2020 yilda boʻlgani kabi bunday holatlarni inkor qilmaslikka" chaqirishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala