Siyosat

Mirziyoyev: milliy oʻzlikni ulugʻlash bilan birga, axborot texnologiyalarini chuqur egallash lozim

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Mirziyoyevning aytishicha, shiddatli zamon barcha jabhalar qatori diniy-maʼrifiy sohada ham Oʻzbekiston oldiga yangi-yangi vazifalarni qoʻymoqda.
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat moʻmin-musulmonlari va butun Oʻzbekiston xalqini ulugʻ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan samimiy tabrikladi.
"Alloh taoloning marhamati yogʻiladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda sizlarni yana bir bor azizu mukarram Iyd ul-Fitr bilan chin dildan tabriklayman. Dunyoning uzoq-yaqin mamlakatlari musulmonlarini ham samimiy qutlab, ularga tinchlik, bardavom taraqqiyot va farovonlik yor boʻlishiga tilakdoshman. Mehnatkash va oqkoʻngil xalqimizning moʻʼtabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat boʻlsin!", - deyiladi prezident tabrigida.
Sledstvennыy izolyator, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Jamiyat
Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar fuqaroni afv etdi
Mirziyoyev milliy urf-odat va anʼanalariga sodiq, mehnatkash, va saxovatli Oʻzbekiston xalqi yuksak fazilatlarni yaqqol namoyon etib, muqaddas Ramazon oyini tinchlik va osoyishtalik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitida oʻtkazgani hamda ushbu eʼzozli ayyomni katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgani unga alohida fayzu shukuh bagʻishlayotganini qayd etib oʻtgan.
Prezident shuningdek, keng koʻlamli islohot va tub oʻzgarishlar natijasida yangilanib borayotgan mamlakatda xalq bilan muloqot, inson huquq va manfaatlarini, jumladan, vijdon erkinligini taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, bu borada ulkan chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini aytgan.
Xalqning boy va qadimiy diniy-maʼnaviy merosini tiklash va faol targʻib etish, buyuk ajdodlar tabarruk qadamjolarini obod qilish boʻyicha olib borilayotgan salmoqli ishlarni alohida taʼkidlab oʻtdi.
Budut rekonstruirovat mavzoley Imama Buxari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Jamiyat
Imom Buxoriy majmuasida muhtasham masjid quriladi
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida – kalom ilmining atoqli namoyandasi Abu Muin Nasafiy, Namangan viloyatida – tasavvuf taʼlimotining yirik vakili Sulton Uvays Qaraniy, Toshkent shahrida Suzuk ota yodgorlik majmualari bunyod etildi. Koʻplab masjidlar, madrasa va diniy obidalar qayta qurilmoqda va taʼmirlanmoqda, poytaxtimizdagi Islom tsivilizatsiyasi markazi qurilishi jadal davom ettirilmoqda.
Muborak Ramazon oyida – buyuk muhaddis Imom Buxoriyning Samarqand viloyatidagi yodgorlik majmuasini ul zotning musulmon olamidagi beqiyos obroʻ-eʼtibori va nufuziga munosib holda barpo etishga kirishilgani, milliy tarixda birinchi marta koʻp jildli “Islom” entsiklopediyasi nashr etila boshlanganini qoʻshimcha qildi.
Mirziyoyevning aytishicha, shiddatli zamon barcha jabhalar qatori diniy-maʼrifiy sohada ham Oʻzbekiston oldiga yangi-yangi vazifalarni qoʻymoqda.
Mechet Suzuk-ota v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2017
Jamiyat
Mirziyoyev islom dini yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy maktablar tashkil etishni taklif qildi
Ayniqsa, dunyo miqyosida raqobat tobora keskin va shafqatsiz tus olayotgani, barqarorlikka nisbatan tahdidlar jiddiy tus olayotgani bizni doimo hushyor va ogoh boʻlib yashashga, farzandlarimizni jismoniy va maʼnaviy barkamol etib tarbiyalashdek gʻoyat masʼuliyatli ishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat berishga daʼvat etmoqda.
Zero, islom dini – avvalo, tinchlik va doʻstlik, ahillik va birdamlik, bilim va maʼrifat dinidir. Mana shu oliy haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz lozim.
"Bugungi osuda hayotimizning qadriga yetish, jamiyatimizda hukm surayotgan turli millatlar va elatlar, diniy konfessiyalar oʻrtasidagi bagʻrikenglikni, fuqarolar orasidagi oʻzaro hurmat, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash barchamizning asosiy burchimizdir. Maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiyning Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur”, degan soʻzlari bugun ham dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, diniy qadriyatlarimizni, milliy oʻzligimizni ulugʻlab yashash bilan birga, davr talabi boʻlgan zamonaviy ilm-fan yutuqlari, axborot texnologiyalarini egallashga alohida eʼtibor qaratishimiz, yosh avlodimizni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashimiz kerak", - dedi Mirziyoyev.
Prezident ulamolar, imom-xatiblar, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, muhtaram nuroniylar – keng jamoatchilik yaqin hamkorlikda bu borada yanada faol va samarali ish olib borishlariga ishonch bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala