Jamiyat

Oʻzbekistonga yana bir Xitoy vaktsinasi olib kelinishi mumkin

© Sputnik / Magda Gibelli / Fotobankka oʻtishPreparat kitayskoy kompanii Sinopharm ("Sinofarm") ot COVID-19
Preparat kitayskoy kompanii Sinopharm (Sinofarm) ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Oʻzbekiston hukumati COVID-19ga qarshi yana bir kaktsinani olib kelish masalasini koʻrib chiqmoqda.
TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Oʻzbekiston COVID-19ga qarshi yana bir - Sinopharm Xitoy vaktsinasini olib kelish masalasini koʻrib chiqmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov bu haqda onlayn brifingda aytdi.
Oʻzbekiston hukumati bu vaktsinaga COVAX dasturi orqali buyurtma berishi mumkin.
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Jamiyat
Bu aniq “Sputnik V”mi?: Rossiya vaktsinasi Toshkentda emlanuvchilarni hayratda qoldirdi
Atabekovning soʻzlariga koʻra, may oyi boshida BSST Sinopharm favqulodda vaziyatda foydalanish uchun maʼqulladi - bu qaror emlash kampaniyasini susaytirmaslik uchun respublika buyurtma berishi mumkin boʻlgan vaktsinalar roʻyxatini kengaytiradi.
Avvalroq, COVAX dasturi doirasida 660 ming dozali AstraZeneca vaktsinasi Oʻzbekistonga yetkazib berilgandi. Ikkinchi partiya iyun oyida kutilmoqda.
Shuningdek, aprel oxirida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan oʻzbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining yana 1 million dozasi Xitoydan Oʻzbekistonga olib kelingandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala