Jamiyat

Biz ana shunday tadbirlarni sogʻingan edik - Alisher Sadullayev

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFestival molodeji v Chirchike
Festival molodeji v Chirchike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Chirchiq shahrida 14-16 may kunlari Toshkent viloyati hokimligi hamkor vazirlik va idoralar va masʼul boshqarmalar tomonidan yoshlar festivali oʻtkazilmoqda.
Bugun Chirchiq shahrida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali boshlandi. Ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev soʻzga chiqib, quyidagilarni aytib oʻtdi.
"Ushbu festivalning maqsadi - pandemiya vaqtida uyda oʻtirib kayfiyati tushgan yoshlarni kayfiyatini koʻtarishi, bir-biriga yaqin qilishi kerak. Biz barchamiz ana shunday tadbirlarni sogʻingan edik.
Prezidentning oldimizga qoʻyayotgan eng katta vazifalari – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda imkoniyat yaratishdir.
Bu yil 2 minggya yaqin ehtiyojmand oilalar qizlariga – oʻqish uchun imkoniyat yaratib berildi. Kelajakda ular bilimli boʻlsa mamlakat salohiyati ham oshadi.
Viloyatlarda ham minglar yoshlarga turli imkoniyatlar yartilmoqda. Minglab yoshlarga yer berildi, kredit berildi bilim olish uchun imkoniyat yaratib berilmoqda.
Mana shularni ichida sizlar ham boʻlishinglar kerak", - dedi Sadullayev.
Festival dasturidan turli koʻngilochar shou-dasturlar, mashhur biznesmenlardan treninglar, sportchilardan master-klasslar, dizayner va moda defilelari boʻlib oʻtadi.
Festival Toshkent viloyati hokimligi hamkor vazirlik va idoralar va masʼul boshqarmalar tomonidan oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala