Jamiyat

Bolalar ustidan pul sochgan boyvachcha uzr soʻradi

© UVD Samarkandskoy oblasti Grajdanin ustroivshiy "denejnыy dojd" v Ramazan xayit dayot obʼyasneniye v UVD
Grajdanin ustroivshiy denejnыy dojd v Ramazan xayit dayot obʼyasneniye v UVD - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Ramazon hayiti kuni bolalar ustidan pul sochayotgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Bolalar ustidan pul sochgan fuqaro Ichki ishlarga taklif qilinib ushuntirish ishlari olib borilganidan soʻng uzr soʻradi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati IIB.
Eslatib oʻtamiz Ramazon hayiti kuni ijtimoiy tarmoqlarda urgutlik yigitning pul sochayotgani aks etgan videolavha tarqalgan edi. Ushbu hodisa oʻzbekistonliklar orasida turli salbiy fikrlar bildirilishiga olib kelgan edi.
Ushbu holat IIB tomonidan oʻrganib chiqilganda, Urgut tumani “Vagʻashti” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tugʻilgan N.J. Ramazon hayiti munosabati bilan qarindosh va qoʻshnilarini mehmondorchilikka chaqirib, ularning farzandlarini xursand qilish maqsadida ustilariga pul sochgani aniqlangan.
Shundan soʻng N.J. bilan olib borilgan suhbat davomida u qilgan ishidan chin koʻngildan pushaymonligini va ushbu holat takrorlanmasligini bildirdi. Fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala