Madaniyat

Buxoro viloyatida yana bir tarixiy yodgorlik aniqlandi

© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Ayni damda kutubxona joylashgan qadimiy masjid binosi ustunida fors tilidagi yozuv aniqlandi va mutaxassislar tomonidan oʻrganib chiqildi.
TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida yangi madaniy meros obʼyekti aniqlandi, deb xabar qilmoqda Buxoro madaniy meros boshqarmasi.
Qorakoʻl tumanidagi “Shoʻrabot” MFYdagi qadimiy mahalla masjid binosi ichidagi ustunda oʻyib yozilgan tarixiy yozuv, mutaxassislar tomonidan oʻrganilganda quyidagi mazmunga ega ekanligi aniqlandi:
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Fors tilida “In masjidro bino kard Roʻziboy ibn Gʻaybulloboy 1304” yaʼni, “Bu masjid Gʻaybulloboy oʻgʻli Roʻziboy tomonidan hijriy 1304 yilda qurdirilgan” degan soʻzlar yozilgan.
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Ushbu masjid darhaqiqat 1884-85 yillarda mahalla-guzar masjidi sifatida qurilgan. Masjid yogʻoch konstruktsiyali boʻlib, kvadrat shaklli bir ustunli, oʻymakori toʻsin va vassa yopilgan. Ustun, toʻsin va “bogʻdodi” eshiklari yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan. “G” harfi shaklidagi yetti ustunli ayvoni hozirda saqlanmagan, uning oʻrnida XX asr oxirlarida qurilgan ayvon mavjud.
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Hozirgi kunda ushbu masjidda qishloq kutubxonasi (Qorakoʻl tumani kutubxonasi filiali) joylashgan.
© Press-slujba Buxarskogo oblastnogo Upravleniya kulturnogo naslediyaV Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
V Buxarskoy oblasti naydena mechet trexvekovoy davnosti
Masjid tarixiy va badiiy qiymatga ega ekanligini inobatga olib, uni moddiy madaniy meros yodgorligi sifatida roʻyxatga olish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala