Chirchiqda yoshlar festivali boshlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFestival molodeji v Chirchike 14-16 maya
Festival molodeji v Chirchike 14-16 maya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Obuna bo‘lish
Chirchiq shahrida kelayotgan 3 kun davomida turli shou dasturlari, trening va namoiyshlarni ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” mavzusida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 14-may - Sputnik. Chirchiq shahrida 14-15-16 may kunlari “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” mavzusida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Festivalda turli ko‘ngilochar shou-dasturlar, mashhur biznesmenlardan treninglar, sportchilardan master klass, dizayner va moda defilelari bo‘lib o‘tadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFestival molodeji v Chirchike 14-16 maya
Festival molodeji v Chirchike 14-16 maya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Festival molodeji v Chirchike 14-16 maya
Shuningek, 50 nafar bolalar uchun “Sunnat to‘yi” aksiyasi bo‘ladi. Yugurish va velomarafon, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar qilinadi.
Undan tashqari festivalda intellektual o‘yinlar, raqs maydoni, ayollar uchun maxsus klub, gastronomik va bolalar shaharchasi barpo etilgan. Teatr sahna ko‘rinishlari, ko‘ngiochar dorbozlar o‘yinlari ham rejalashtirilgan.
O‘z navbatida professional sportchilar o‘z mahoratini namoyish etishi hamda harbiylar ishtirokidagi Vatanparvarlik tadbirlari va qurollar ko‘rgamasi ham festivalga o‘zgacha fayz bag‘ishlashi shubhasiz.
Yangiliklar lentasi
0