Jamiyat

Ramazon hayiti dam olish kunlarida turizm obʼyektlarida chegirmalar eʼlon qilindi

Turistы v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Respublikadagi 237ta mehmonxona va 141ta oshxonalarda Ramazon hayti dam olish kunlarida 3-40%gacha chegirmalar eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Oʻzbekistondagi qator mehmonxona va ovqatlanish muassasalarida chegirmalar eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi.
"13-14-15-mayda aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish, ichki turizm yoʻnalishida sayohatlarga jalb etish maqsadida, turizm sohasidagi tadbirkorlik subektlari tashabbusi bilan respublikadagi 237 ta mehmonxona va mehmon uyi xizmatlari uchun 3-40 % gacha hamda 141 ta umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlarga 5-43 % gacha foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari madaniy meʼros obʼyektlari va ziyoratgohlarga kirish uchun ham chegirmalar joriy etilgan.
Xususan 46 ta madaniy meros obektlariga - 30% gacha, 33 ta muzeylarda 30% gacha chegirma, (ulardan 12 tasiga kirish bepul) joriy etilgan.
Shu bilan birga Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi aholi gavjum jamoat joylarda ijtimoiy masofani saqlash zarurligini eslatib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala