Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Respublika gematologiya markaziga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Respublikanskiy spetsializirovannыy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr gematologii
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Respublikanskiy spetsializirovannыy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy tsentr gematologii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Gematologiya markazida prezident, bemorlar yolgʻiz tashlab qoʻyilmasligini, ular tezroq tuzalib ketishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini vaʼda berdi.
TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
Markazda prezident, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, u yerda davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalarini Ramazon hayiti bilan tabriklab, ularga dalda berib, tezroq tuzalib ketishlarini niyat qildi.
Shuningdek, prezident yaqinda Gematologiya markazi uchun yangi bino qurib bitkazilishini, u yerda bolalarning ota-onalari uchun ham joy boʻlishi hamda bolalar oʻqishini davom ettirishga imkoniyat boʻlishini maʼlum qildi.
Prezident, bemorlarni yolgʻiz tashlab qoʻyilmasligini, ular tezroq tuzalib ketishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini vaʼda berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala