Jamiyat

Koronavirusga chalinganlar soni 251 nafarga ortdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishRabota virusologicheskoy laboratorii, gde proizvoditsya analiz na novuyu koronavirusnuyu infektsiyu
Rabota virusologicheskoy laboratorii, gde proizvoditsya analiz na novuyu koronavirusnuyu infektsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2021
Oʻtgan kun davomida Toshkent shahrida yangi kasallanish holatlari keskin oshdi. Shuningdek Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham yangi kasallanish holatlari soni 25dan ortik.
TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 251 nafarga ortdi, deb xabar qilmoqda Respublika Sanitar-epidemiologik osoyishtalik markazi.
2021 yil 14 may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 96368 (+251) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
168 nafari Toshkent shahrida,
28 nafari Toshkent viloyatida,
26 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan.
Shuningdek Xorazm viloyatida - 6 kishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida - 5 nafardan, Jizzaxda - 3 kishi, Buxoro va Navoiyda - 2 kishidan va Surxondaryo viloyatida - 1 kishi aniqlangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari ogʻir, 69 nafari oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala