Jamiyat

Koronavirus: kunlik holatlar 200 dan ziyod, 2 kishi vafot etdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishGospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova
Gospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Oʻzbekistonda yana 223 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 96 893 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Yana 223 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 96 893 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (13), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (3), Jizzax viloyatida (2), Qashqadaryo viloyatida (3), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (8), Samarqand viloyatida (23), Sirdaryo viloyatida (6), Surxondaryo viloyatida (1), Fargʻona viloyatida (5), Xorazm viloyatida (2), Toshkent viloyatida (42), Toshkent shahrida (107) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 92 303 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Ayni paytda 3 920 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 670 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 162,8 milliondan oshdi, 3,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (32,9 mln), Hindistonda (24,6 mln), Braziliyada (15,6 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala