Jamiyat

Bu yil ham maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilinadimi?

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishSdacha YEGE po matematike v Gimnazii nomer 4 v Karachayevske
Sdacha YEGE po matematike v Gimnazii nomer 4 v Karachayevske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Joriy yilda barcha umumtaʼlim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston maktablarida yakuniy imtihonlar 26 maydan boshlanadi. Maktab karantinga yopilgan boʻlsa, imtihonlar bekor qilinmaydi. Imtihonlar karantin muddati tugaganidan soʻng oʻtkaziladi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda barcha umumtaʼlim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari oʻtkaziladi. Imtihonlar oʻquvchilarning sogʻligini himoyalash va karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi nazoratga olinadi.
26 maydan 2 iyunga qadar 5,6,7,8 va 10-sinf oʻquvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari, 26 maydan 15 iyunga qadar 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari ogʻzaki, yozma hamda test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.
Imtihon savollari va materiallari mutlaqo bepul. Imtihon biletlari va namunaviy savollar Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy telegram kanaliga joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi sabab Oʻzbekistonda maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilingan edi. Maktablarga oʻquvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida ushbu oʻquv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala