Iqtisod

Jahon banki qishloq hududlarni rivojlantirishga yordam beradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Jahon banki Oʻzbekistonda qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarda sanoatni rivojlantirishga yordam beradi.
TOSHKENT, 19 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon 18 may kuni Jahon banki prezidentining oʻrinbosari Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Yangi besh yillik Sheriklik dasturini puxta tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.
"Oʻzbekiston tarixan qisqa davrda juda katta ishlarni amalga oshirdi. Islohotlar mamlakatning ham ichki, ham tashqi qiyofasini fundamental ravishda oʻzgartirib yubordi. Shu tufayli mamlakatingiz xorijiy investorlar uchun jozibador", dedi yetakchi xalqaro moliyaviy institut rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki tomonidan taklif etilgan yangi kun tartibi toʻliq qoʻllab-quvvatlandi.Kun tartibidan quyidagi sheriklik yoʻnalishlari oʻrin olgan:
eng avvalo qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish orqali mamlakatda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash;
sezilarli natijalarga erishish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida oliy taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasidagi yangilanishlar samaradorligini oshirish;
respublika hududlarini jadal industriallashtirish dasturini amalga oshirish va oʻrta shaharlarni rivojlantirish loyihasini davom ettirish;
taraqqiyotning innovatsion modeliga oʻtish, "yashil iqtisodiyot"ni joriy qilish;
yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni davom ettirish;
korruptsiyaga qarshi kurashish va davlatning rivojlanish institutlari salohiyatini oshirish;
yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini birgalikda ilgari surish.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning yuksak surʼatlarini qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasidagi strategik sheriklikka doir ustuvor dastur va loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida doimiy muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekiston va Jahon banki orasida loyihalarning umumiy portfeli 7 milliard dollarga yetmoqda. Amaldagi dastur taʼlim, sogʻliqni saqlash, energetika, suv taʼminoti, qishloq xoʻjaligi, transport kabi ustuvor sohalar va boshqa koʻplab yoʻnalishlarni qamrab olgan umumiy qiymati 4,1 milliard dollarlik 23 ta loyihani oʻz ichiga olgan.
Undan tashqari, Bank ekspertlari maslahat-texnik koʻmak koʻrsatmoqda, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, transport va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiya qilish, elektr energetikasining barcha boʻgʻinlarini isloh qilishda ishtirok etmoqda. Muqobil energiya manbalarini joriy qilish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala