Siyosat

Mirziyoyev “RJD” rahbari bilan Trans-afgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal gendirektora "Rossiyskix jeleznыx dorog"
Prezident Uzbekistana prinyal gendirektora Rossiyskix jeleznыx dorog
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Oʻzbekiston prezidenti “Rossiyskiye jeleznыe dorogi” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni “Rossiyskiye jeleznыe dorogi” kompaniyasi (“RJD” OAJ) bosh direktori – boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovni qabul qildi.
Temir yoʻl aloqalari sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi yoʻnalishlari hamda butun mintaqaning tranzit salohiyatini samarali ishga solishga qaratilgan muhim infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surish yoʻllari koʻrib chiqildi.
Davlat rahbari Rossiya va Oʻzbekiston temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida, shu jumladan xalqaro tarmoq tuzilmalari doirasida anʼanaviy yaqin va sermahsul ishbilarmonlik aloqalari qaror topganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal gendirektora "Rossiyskix jeleznыx dorog"
Prezident Uzbekistana prinyal gendirektora Rossiyskix jeleznыx dorog
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Prezident Uzbekistana prinyal gendirektora "Rossiyskix jeleznыx dorog"
Pandemiya sharoitida, keng rivojlangan va oʻzaro integratsiyalashgan transport kommunikatsiyalari, eng avvalo temir yoʻllar koronavirus oqibatlariga muvaffaqiyatli qarshi kurashish hamda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal surʼatini saqlab qolishga xizmat qilgani taʼkidlandi.
Amaliy sheriklikni kengaytirish, jumladan, mamlakatda temir yoʻllar tizimini takomillashtirish boʻyicha hamkorlik qilish, yuk tashishlar hajmini koʻpaytirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, yoʻlovchi poyezdlarining qatnovini qayta tiklash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda “Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻlini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Loyihani har tomonlama tayyorlash, shu jumladan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va qurilishni tez fursatda boshlashga qaratilgan ishlarda ishtirok etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
“RJD” rahbari Oleg Belozyorov tarmoq kompaniyalari temir yoʻllar sohasidagi sheriklikning ustuvor vazifalarni amalga oshirishda keng koʻlamda hamkorlik qilishga tayyor ekanini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala