Jamiyat

“Stixiya” festivalida mehmonlar yalangʻoch holda raqsga tushdimi? Turizm vazirligi javobi

Devushka na kablukax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Moʻynoq shahrida “Stixiya” elektron musiqa, sanʼat va fan festivali boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik.14-15-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq shahrida navbatdagi “Stixiya” elektron musiqa, sanʼat va fan festivali boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Latviyadan kelgan DJ’lar qatnashishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki “ushbu tadbir davomida sodir boʻlgan” deya aytilgan behayo videolavha tarqaldi.
Kadr iz videorolika
Kadr iz videorolika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
Kadr iz videorolika
Ushbu holat yuzasidan Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
“Turizm va sport vazirligi hamda "Akustika fakulteti" MCHJ nafaqat festival, balki uning ishtirokchilari va tashkilotchilarini ham obroʻsizlantiradigan ushbu videolavhaning “Stixiya” festivaliga hech qanday aloqasi yoʻqligi va uning tadbirdan bir necha yil ilgari tasvirga olinganini rasman maʼlum qiladi. Bunga doir texnik tasdiq ham mavjud. Ushbu videolavha portugal tilidagi pornografik saytdan olingan boʻlib, undan gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanilgan”, - deyilgan bayonotda.
Taʼkidlanishicha, tadbirda 1500 ga yaqin ishtirokchi rasmiy roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning aksariyati Oʻzbekiston (730 nafar), Qozogʻiston (421 nafar), Rossiya Federatsiyasi (152 nafar), Yevropa Ittifoqi davlatlaridan (56 nafar) tashrif buyurishgan.
Tadbirlar oʻtkazilgan hudud xavfsizligi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi tomonidan taʼminlandi.
Shu bilan birga, festival ishtirokchilarining qiziqarli va mazmunli dam olishi uchun “Stixiya N+1” ekologik miniforumi tomonidan tashkil etilgan "6 milliard daraxt" loyihasi doirasida qurgʻoqchilikka chidamli daraxt koʻchatlarini ekishga doir aksiya oʻtkazildi. Bundan tashqari, Art-installyatsiyalar va yosh rassomlarning asarlari namoyish etilib, uy qurilishiga oid mahorat darslari ham tashkil etildi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala