“Stixiya” festivalida mehmonlar yalang‘och holda raqsga tushdimi? Turizm vazirligi javobi

© SS0 / Unsplash / Caitlyn WilsonDevushka na kablukax
Devushka na kablukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
Mo‘ynoq shahrida “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik.14-15-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrida navbatdagi “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Latviyadan kelgan DJ’lar qatnashishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki “ushbu tadbir davomida sodir bo‘lgan” deya aytilgan behayo videolavha tarqaldi.
Kadr iz videorolika
Kadr iz videorolika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Kadr iz videorolika
Ushbu holat yuzasidan Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
“Turizm va sport vazirligi hamda "Akustika fakulteti" MChJ nafaqat festival, balki uning ishtirokchilari va tashkilotchilarini ham obro‘sizlantiradigan ushbu videolavhaning “Stixiya” festivaliga hech qanday aloqasi yo‘qligi va uning tadbirdan bir necha yil ilgari tasvirga olinganini rasman ma’lum qiladi. Bunga doir texnik tasdiq ham mavjud. Ushbu videolavha portugal tilidagi pornografik saytdan olingan bo‘lib, undan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanilgan”, - deyilgan bayonotda.
Ta’kidlanishicha, tadbirda 1500 ga yaqin ishtirokchi rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning aksariyati O‘zbekiston (730 nafar), Qozog‘iston (421 nafar), Rossiya Federatsiyasi (152 nafar), Yevropa Ittifoqi davlatlaridan (56 nafar) tashrif buyurishgan.
Tadbirlar o‘tkazilgan hudud xavfsizligi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tomonidan ta’minlandi.
Shu bilan birga, festival ishtirokchilarining qiziqarli va mazmunli dam olishi uchun “Stixiya N+1” ekologik miniforumi tomonidan tashkil etilgan "6 milliard daraxt" loyihasi doirasida qurg‘oqchilikka chidamli daraxt ko‘chatlarini ekishga doir aksiya o‘tkazildi. Bundan tashqari, Art-installyatsiyalar va yosh rassomlarning asarlari namoyish etilib, uy qurilishiga oid mahorat darslari ham tashkil etildi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0