Jamiyat

Toshkentda ID-kartasi bor haydovchilarning hujjatini onlayn tekshirish boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProverka dokumentov na postu ulitsы Sagban
Proverka dokumentov na postu ulitsы Sagban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2021
19 maydan boshlab haydovchilar hujjatini ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qaror bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab ID-kartalari mavjud haydovchilardan bir qator hujjatlar talab qilinmaydi. 19 maydan boshlab hujjatlarni ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga koʻra, haydovchining ID-kartasi boʻlsa, quyidagi hujjatlarni undan talab etish tartibi bekor qilinadi:
vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma;
avtomototransport texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga, yaʼni qoraytirishga ruxsatnoma.
Taʼkidlanishicha, "e-Protokol" axborot tizimi takomillashtirilib, yoʻl patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida ID-kartani oʻqish orqali fuqaroning maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
"ID-karta" orqali tekshirilganda, maʼlumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilishlar boʻlgan holatlarda barcha haydovchilardan inspektorga ushbu hujjatlarni aslini taqdim etishilarini, shuningdek, vaziyatni toʻgʻri tushunishlarini soʻrab qolamiz", - deyiladi boshqarma xabarida.
Oʻzbekistonda 2021 yil 1 yanvardan shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish boshlangan va 2030 yilgacha pasportlarni ID-kartalarga almashtirish rejalashtirilgan. ID-kartalar faqat Oʻzbekiston hududida amal qiladi. Mamlakatdan tashqarida sayohat qilish uchun chet elga chiqishda Oʻzbekiston fuqarosining biometrik pasporti (xorijga chiqish pasporti) talab qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala