Jamiyat

Gʻalaba bogʻiga bagʻishlangan kitob Moskvada taqdim etildi

Izdana kniga "Park Pobedы: filosofiya mujestva i stoykosti"
Izdana kniga Park Pobedы: filosofiya mujestva i stoykosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Moskvada 18 may kuni “Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan chop etilgan “Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
“Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobi Toshkentda 2020 yilda ochilgan, oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushiga qoʻshgan hissasiga bagʻishlangan, yodgorlik majmuasining mazmuni va mohiyatiga bagʻishlangan.
Taqdimotni delegatsiya rahbari – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov olib bordi. Taqdimot “Rossotrudnichestvo” tashkiloti rahbari Yevgeniy Primakov bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Taqdimotda Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi Mudofaa masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Vladimir Shamanov, fazogir – Rossiya Qahramoni Solijon Sharipov, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Vladimir Churov, taniqli rossiyalik yozuvchi Fedor Razzakov, Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Botir Asadov va boshqalar ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala