Migratsiya

Mehnat migrantlarini mahbuslar bilan almashtirish taklif etildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishStroiteli, illyustrativnoye foto
Stroiteli, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Rossiyada migrantlar ishlaydigan sohalarda mahkumlarni faolroq jalb qilish taklif qilindi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik.RF Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) direktori Aleksandr Kalashnikov Rossiyada migrantlar ishlaydigan sohalarda mahkumlarni faolroq jalb qilishni taklif qildi.
"Yaqinda Vladimir Vladimirovich Putin Markaziy Osiyo mintaqasi - Oʻzbekiston, Tojikiston rahbarlari bilan uchrashdi. <...> Unda ishchi kuchi yetishmayotgan obʼyektlarga migrantlar oqimini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi. Mana biz buni taqdim eta olamiz”, - dedi FSIN rahbari.
Unga koʻra, ayni paytda 188 mingga yaqin mahbus jazoni majburiy mehnatga almashtirishni soʻrash huquqiga ega.
"Bu GULAG boʻlmaydi, bu mutlaqo yangi munosib sharoitlar boʻladi. Chunki bu kishi yotoqxona yashab, yoki kvartirani ijaraga olib mehnat qiladi, yoki ish beruvchi unga oilasi bilan yashash uchun sharoit yaratib beradi", - dedi Kalashnikov.
Bundan tashqari, unga munosib maosh beriladi.
FSIN rahbari har bir hududda bu masalani koʻtarish kerakligini alohida taʼkidladi.
Ayni vaqtda Rossiyada 483 ming mahbus jazo oʻtamoqda. Ulardan 188 ming kishi jazoni majburiy mehnatga almashtirishni soʻrab murojaat qilish huquqiga ega.
Shu bilan birga Rossiyada MDH davlatlaridan kelgan noqonuniy mehnat migrantlar muammosi mavjud - soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ularning soni 500 mingdan oshadi, eng koʻp (332 ming) oʻzbekistonliklar. Avvalroq Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy “agar migrantlar oʻz maqomlarini 15 iyunga qadar qonuniylashtirilmasa, Rossiyani tark etishlari kerak”, deb bayonot berdi.
Koʻpchilik migrantlar migratsiya markazlariga murojaat qilishmoqda. Ayrim markazlarda hatto ulkan navbatlar yuzaga kelgan.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala