Siyosat

MO davlatlari oʻz xavfsizligini AQSH harbiylarisiz taʼminlay oladi – Rossiya TIV

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishZamestitel ministra inostrannыx del RF Andrey Rudenko
Zamestitel ministra inostrannыx del RF Andrey Rudenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Markaziy Osiyo davlatlari oʻz xavfsizligini amerikalik harbiylarisiz taʼminlay oladi – Rudenko.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko Afgʻonistondagi AQSH qoʻshinlarining Markaziy Osiyo davlatlariga ehtimoliy joylashtirilishi yuzasidan izoh berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlariga oʻz xavfsizligini taʼminlashi uchun Amerika harbiylari kerak emas.

“Menimcha, Markaziy Osiyo davlatlari ularning hududida AQSH qoʻshinlarisiz oʻz chegaralari va ichki xavfsizligini taʼminlashi mumkin”, - dedi Andrey Rudenko “Valday” xalqaro munozara klubining Markaziy Osiyo konferentsiyasi kuluarida.

Bundan avval “xizmat AQSH Afgʻonistondan olib chiqib ketilayotgan qoʻshinlarini qoʻshni davlatlarga joylashtirishga harakat qilayotgani haqida maʼlumotlarga ega”, - dedi RF tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin. Rossiya nafaqat uning sheriklari, balki KXSHT boʻyicha ittifoqchilari ham bunga rozi boʻlmasligiga umid qilmoqda, dedi u.
Undan oldin Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi: respublika hududida xorijiy harbiy bazalar joylashtirish mumkin emas, deb bayonot bergandi.
Oʻzbekiston mudofaa doktrinasida mamlakat hududida xorijiy harbiy obʼyektlarini joylashtirish nazarda tutilmagan. Shuningdek, respublikaning harbiy sohadagi siyosati mamlakat qurolli kuchlarining tinchlikparvarlik operatsiyalari va chet eldagi qurolli mojarolarda qatnashmasligiga asoslangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala