Rezolyutsiya qabul qilinishi Orolbo‘yi mintaqasi tarixida yangi sahifa ochadi – Safoyev

© Sputnik / Mariya NaumenkoVid na Aralskoe more s visoti
Vid na Aralskoe more s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
18 may kuni BMT Bosh Assambleyasi Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hudud” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Orolbo‘yi mintaqasiga oid rezolyutsiyasining ahamiyati haqida gapirdi.
BMT Bosh Assambleyasi "Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi" deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu taklif prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.
Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, Orol fojiasi zamonamizning eng yirik ekologik muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Bugungi kunda ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
U ushbu hujjat O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat bilan mintaqada ekologik inqiroz oqibatlariga barham berish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, aholi turmush sharoitini oshirish yo‘lidagi harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lganini qayd etdi.
“Rezolyutsiya qabul qilinishi Orolbo‘yi mintaqasi tarixida yangi sahifa ochadi va Orol dengizi inqirozi oqibatlari yumshatilishi, Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga qaratilgan harakatlarni birlashtirga xizmat qiladi”, - dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari.
Orolbo‘yi mintaqasi - Bosh Assambleya tomonidan Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi singari yuqori maqom taqdim etilgan ilk mintaqa bo‘ldi.
Pastbisha, lesa i innovatsii: kak mir sobirayetsya spasat Priaralye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2019
Dunyo qanday qilib Orolni qutqaradi - video
Yangiliklar lentasi
0