Jamiyat

Rossiya kompaniyasi Samarqand jamoat transporti uchun bosh reja ishlab chiqmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSiabskiy rыnok, Samarkand
Siabskiy rыnok, Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Samarqandliklar yoʻllar taʼmirlanishini va kengaytirilishini, barcha transport uchun yagona chipta joriy etilishini istaydi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Rossiyaning "SIMETRA" transport kompaniyasi samarqand aholisini shahar yoʻlovchi transporti harakati rejasini tuzishda faol ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Kompaniya 2031 yilga qadar moʻljallangan shahar jamoat transporti harakatining bosh rejasini ishlab chiqmoqda.
Buning uchun "SIMETRA" Samarqand shahar hokimligi va Transport vazirligi bilan birgalikda maxsus internet sahifaga ochgan.
Samarqand aholisi 2021 yilning 1 iyuniga qadar shahar aholisi ushbu saytga kirib shaharning boʻlajak transporti haqida oʻz fikr va istaklarini bildirlari mumkin.
Ayni damda olingan maʼlumotlarga koʻra, shahar aholisi piyodalar uchun xavfsiz infratuzilmalar qurilishi, shahar yoʻllari taʼmirlanishini va kengaytirilishini, transport vositalarini yangilanishini hamda avtobus va tramvaylar uchun yangi yoʻnalishlar ochilishini istaydi.
Undan tashqari samarqandliklar barcha transport uchun yagona chipta turi joriy etilishini va yoʻllarda tezlik cheklanishini istaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala