Iqtisod

Yapon biznesmenlari uchun har bir viloyatda biznes-seminarlar boʻlib oʻtadi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaYaponskiye biznesmenы natselenы na vedeniye biznesa v Uzbekistane - MIVT
Yaponskiye biznesmenы natselenы na vedeniye biznesa v Uzbekistane - MIVT  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Birinchi seminar Toshkent viloyatida ikkinchisi Samarqandda boʻlib oʻtadi. Ulardan 100dan ortiq yaponiyalik biznesmenlar ishtirok etadi.
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Oʻzbekiston yaponiya bilan biznes aloqalarini yanada rivojlantiradi. Bu haqida 19 may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Yaponiyaning “JETRO” (tashqi savdoni rivojlantirish) tashkiloti bilan imzolagan memorandumda aytib oʻtilgan.
Ushbu hujjat Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari L.Kudratov va “JETRO”ning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi tomonidan imzolandi.
Hujjatda har bir alohida hududning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, investitsiyaviy salohiyatini va mamlakatda biznes yuritish uchun joriy etilgan imkoniyatlarni keng yoritish maqsadida Yaponiyaning ishbilarmon doiralari uchun barcha hududlarimizda har oyda biznes-seminarlar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Birinchi seminar 20 may kuni Toshkent viloyatida boʻlib oʻtadi. “JETRO” tarkibiga kiruvchi yapon kompaniyalarining 100dan ortiq vakillari unda ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Keyingi seminar Samarqand viloyatida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekistonda “JETRO”ning vakolatxonasi 2000 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning asosiy vazifalari Yaponiya kompaniyalaridan mamlakat iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish, ikki mamlakat sanoat korxonalari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish va ilgʻor texnologiyalar bilan almashishni tashkil etishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala