Migratsiya

Oʻzbekistonlik migrantlar Rossiyada qachongacha hujjatlarini rasmiylashtirishga haqli?

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishPosadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2021
Oʻzbekistonlik migrantlar patent va boshqa hujjatlarini 30 iyunga qadar rasmiylashtirishga haqli.
TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Ayni damda Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari 2021 yilning 30 iyuniga qadar oʻz hujjatlarini rasmiylashtirishga haqli, dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxoʻja Norov.
Norov aytishiga koʻra, Rossiya prezidentining 791-sonli farmonida belgilangan hujjatlarning amal qilish muddati, muayyan davlat bilan aviaaloqalar oʻrnatilgan kundan boshlab 90-kun davomida amal qiladi.
Yaʼni Oʻzbekiston va Rossiya orasida doimiy aviaaloqa rasman 1 apreldan boshlangan boʻlsa, demak Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarlari hujjatlari muddati avtomatik ravishda 30 iyunga qadar uzaytiriladi.
Qonunda belgilangan ushbu holat nafaqat Oʻzbekiston fuqarolariga, balkim boshqa barcha davlat fuqarolariga ham taaluqli.
Eslatib oʻtamiz, may oyining boshidan beri Moskva migratsiya markazlariga minglab odamlar murojaat qilmoqda, Sahxarovo va Putilkovodagi migratsiya markazlarida uzundan uzoq navbatlar hosil boʻlgan. Mehnat migrantlari "Kovid amnistiyasi", yaʼni Rossiya prezidentining 791-sonli farmoni muddati tugunga qadar hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurishga harakat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala