Sport

Oʻzbekistonlik taekvondochilar ilk bor toʻliq tarkibda Olimpiadada qatnashadi

© Press-slujba Minturizma i sportaTaekvondistы Uzbekistana
Taekvondistы Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga oʻzbekistonlik taekvondochilar mamlakat tarixida ilk bor toʻliq tarkibda yoʻl oladi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo qitʼasi taekvondochilari uchun Tokio-2020 uchun litsenzion turnir oʻtkazildi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, 21 may kungi bahslarda Nigora Tursunqulova va Ulugʻbek Rashitov Tokio-2020 litsenziyasiga ega chiqqan, 22 may kuni oʻtkazilgan yuqori vaznli taekvondochilar bahslarida Svetlana Osipova olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritgan.
Shu tariqa taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga 4 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, natijada oʻz tarixida ilk bor toʻliq tarkib bilan Olimpiadada qatnashadigan boʻldi.
Yana bir ishtirokchi Nikita Rafalovich esa Xalqaro taekvondo federatsiyasi (WT)ning 2020 yil 1 yanvarda eʼlon qilgan reytingiga koʻra olimpiada litsenziyasiga ega boʻlgandi.
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻl olgan oʻzbekistonlik taekvondochilarning toʻliq tarkibi:
-68 kg: Ulugʻbek Rashidov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Qayd etish joizki, Nigora Tursunqulova uchun bu faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya oʻyinlari boʻladi. U 17 yoshida Rio—2016 Olimpiadasida ham ishtirok etgan.
Talisman Letney Olimpiadы v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix kolets posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Foto
Tokio Olimpiadasi boshlanishiga 100 kun qoldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala