Video

Gullar iforiga burkangan Namangan: xalqaro festivalning yorqin lahzalari

Namangan shahrida 60-Xalqaro gullar festivali boshlandi. Festival bir hafta davom etishi kutilmoqda.
Festivalga Namangan bilan birodarlashgan xorijiy viloyatlar va shaharlar delegatsiyalari ham taklif etilgan. Gullar festivaliga 500 000 dan ziyod mehmonlar kelishi kutilmoqda.
Bir hafta davomida mehmonlarni ajoyib va betakror tadbirlar kutib turibdi. Gullar avtoparadi va koʻrgazmalari, gul yetishtirish va landshaft dizayni boʻyicha mahorat darslari, folklor ansambllari va oʻzbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, milliy hunarmadchilik va xalq amaliy sanʼati asarlari namoyishi shular jumlasidan.
Namangan xalqaro aeroporti oldida turfa xil gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq avtomashinalar karvoni shahar markazi tomon yoʻl oldi. Avtokarvonda zamonaviy va antikvar, oddiydan tortib maxsus texnikalarni koʻrish mumkin boʻladi. Aeroport—Islom Karimov koʻchasi—Temir yoʻl vokzali aylanmasi—Amir Temur—Nodim Namangoniy koʻchalari boʻylab harakatlanadigan avtokarvon shahar markazidagi ochilish marosimi oʻtkaziladigan joygacha yetib keldi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov bu yil 60 yilga toʻlgan festival mintaqa uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
"Birinchidan, bu viloyatdagi tadbirkorlikni yaxshi qoʻllab-quvvatlaydi. Birgina gul xoʻjaliklarida minglab kishilar mehnat qiladi va bu bilan oʻz oilalarini boqishadi. Boz ustiga bu mamlakatda turizmni rivojlashtirish uchun foydali. Toʻgʻri, hozir pandemiya tufayli ogʻir damlar, lekin, prezidentimiz aytganidek, biz bunday sharoitlarda yashashni oʻrganishimiz kerak, va, oʻylaymanki, bu bunday hayot uchun yaxshi misoldir”, - dedi Abdurazzoqov.
Festival tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarni ham hayratga soldi. Ularni turfa gullar, rang-barang chiqishlar, gullar avtoparadi maftun ayladi va ular oʻz hayratlarini yashirishmayapti.
Festival tsvetov v Namangane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Jamiyat
Namanganda Xalqaro gullar festivali boshlanmoqda
Festival yakunida tadbirda faol ishtirok etgan gulchilar qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, avtomobillar bilan taqdirlanishi koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala