Jamiyat

Haqiqiy jazirama: haftaning ikkinchi yarmida juda issiq ob-havo kuzatiladi

© SputnikFontan v Tashkente
Fontan v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
26 maydan mamlakat hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Janubda va choʻl hududlarda harorat 38-40° gacha koʻtariladi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Bugun, 24 may kuni Oʻzbekistonning janubi-sharqiy qismi baland tsiklon taʼsiri ostida boʻladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida va togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 29-34° atrofida boʻladi.
25 may kuni baland tsiklon taʼsiri faqat respublikaning eng sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Fargʻona vodiysi viloyatlarida, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, shamol 17-22 m/s gacha kuchayishida momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
26 maydan mamlakat hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37° gacha, janubda va choʻl hududlarda 38-40° gacha koʻtariladi. Bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 5-8° ga koʻp boʻladi.
Oʻzgidromet 24-27 may kunlarida respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida mahalliy yomgʻirlar yogʻishi hisobiga sel kelishi xavfi haqida ogohlantirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala