Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi xalqaro sammitda nutq soʻzlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida boʻlib oʻtadigan "Yashil" taraqqiyot va 2030 yilga qadar global maqsadlar uchun sheriklik ikkinchi xalqaro sammitida nutq soʻzlaydi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Sammit videoanjuman shaklida 30 may kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan oʻtgan yili 30 oktyabr kuni videoanjuman shaklida oʻtgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida soʻzlagan nutqida Koreyani mamlakatga raqamli va "yashil" texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri deb bilishini alohida taʼkidlagan edi.
V Tashkente postroyat Tsentr obucheniya dlya roditeley doshkolnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Oʻzbekistonda Janubiy Koreya granti hisobidan 11 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi
Shuningdek, u Oʻzbekiston kelgusi yilda boʻlib oʻtadigan "Yashil" taraqqiyot va 2030 yilga qadar global maqsadlar uchun sheriklik xalqaro sammitida faol ishtirok etishini maʼlum qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili 28 yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv oʻtkazgan edi. Unda tomonlar bir qator muhim kelishuvlarga erishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala