Iqtisod

Termizda Oʻzbekiston–Afgʻoniston biznes forumi boshlanmoqda

© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Biznes forum doirasida kooperatsiya birjasi, shuningdek, “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil qilingan.
TOSHKENT, 25 may – Sputnik. Oʻzbekiston – Afgʻoniston biznes forumining qoʻshni Afgʻonistondan kelgan ishtirokchilari “Ayritom” chegara bojxona postida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Surxondaryo viloyati hokimligi.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Delegatsiya safida bir guruh tadbirkorlar bilan birga Afgʻoniston Islom Respublikasining Prezidenti Devoni rahbari Muhammad Shokir Korgar, Afgʻoniston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi Ismoil Gʻazanfar, Balx viloyati voliysi Muhammad Farhod Azimiy singari mehmonlar ham bor.
Biznes-forum doirasida tashkil etilayotgan hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi, kooperatsiya birjasi hamda “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasida mamlakatimiz viloyatlari va Surxondaryoda ishlab chiqarilayotgan qurilish mollari, elektrotexnika, charm, tekstil sanoati, qishloq xoʻjaligi, avtotransport vositalari va boshqa mahsulotlar, milliy hunarmandlik buyumlari keng namoyish etiladi. V2V, G2B uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu tadbirga tayyorgarlik bir necha kun oldin boshlangan edi. Xususan, Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da biznes forum oʻtkazish uchun sharoitlar yaratilgan. Saroy hududidagi bogʻda hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi, kooperatsiya birjasi, shuningdek, “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil qilingan. Koʻcha va xiyobonlar tadbir mazmuniga mos bannerlar bilan bezatilgan edi.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Afgʻoniston ishbilarmonlari orasida щzaro foydali shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala