Rossiya

Toʻgʻri yoʻl: Rossiyada elektron moslamalar umrini 10 yilga choʻzish taklif qilindi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishStart prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei
Start prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Ushbu chora aholiga elektron mahsulotlardan uzoqroq vaqt davomida foyalanish imkonini beradi hamda tabiatga va hamyonga yetkazilayotgan zararni kamaytiradi.
TOSHKENT, 25 may —Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Viktoriya Abramchenko Sanoat va savdo vazirligiga Yevropada ishlab chiqaruvchilar uchun qabul qilingan texnik reglamentlarni joriy etishni taklif qildi.
Xususan, maishiy texnika va elektron moslamalar, jumladan smartfonlarning foydalanish muddatini 10 yil deb belgilash taklif qilindi.
Ushbu tashabbus Tabiatni muhofaza qilish vaziri Aleksandr Kozlov tomonidan taklif qilingan boʻlib, uning asosiy maqsadi – tabiatni elektron axlatdan xoli qilish, uglerodli chiqindilar miqdorini kamaytirish.
Misol uchun, Yevropa Itifoqida maishiy texnika va televizorlar ishlab chiqaruvchilari xaridorlar ushbu texnikadan 7-10 yil davomida foydalanishini taʼminlashi kerak. Yaqin kelajakda ushbu talablarni smartfon, noutbuk va boshqa kichik texnika uchun ham qoʻllash rejalashtirilmoqda.
Ushbu chora natijasida aholi mahsulotlardan uzoqroq vaqt davomida foyalanish imkoniga ega boʻldi. Yangi mahsulot sotib olish va eskisini utilizatsiya qilish, tabiatga va hamyonga zarar yetkazish kamayadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala