Iqtisod

Sardoba toshqinidan jabr koʻrgan korxonalarga 126 mlrd soʻm toʻlab beriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe
Posledstviya prorыva na Sardobinskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Avvalroq Hukumat komissiyasi baliqchilik, chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalarga yetkazilgan zararni qoplash boʻlgan mablagʻni hisoblab chiqqan edi.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Oliy Majlis Senati Kengashi 25 may kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi oqibatida Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlarga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyani respublika byudjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini maʼqulladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil aprelida Hukumat komissiyasi baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik yoʻnalishlariga ixtisoslashgan tadbirkorlik subʼyektlariga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlari uchun zarur boʻladigan mablagʻ miqdorini hisoblab chiqqan. U 126 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Situatsiya v Sыrdarinskoy oblasti, gde proizoshel prorыv dambы na Sardobskom vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Jamiyat
Rossiyalik mutaxassislar Sardoba suv omborini tiklashda yordam beradi
“Shuningdek, Senat aʼzolari joylarga chiqib tadbirkorlik subʼyektlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida mavjud holatni oʻrganib chiqqan edi. Bu masala Oliy Majlis Senati tomonidan doimiy nazoratga olingan”, - deyilgan xabarda.
Senat Kengashi talab etiladigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini maʼqulladi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpirilib, suv toshqini yuz bergan edi. Texnogen falokatning asosiy sabablari qilib loyihalashtirish, qurish va toʻgʻonning ekspluatatsiya jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar maʼlum qilingan edi. Oradan bir yil oʻtib 17 nafar “Sardoba ishi” aybdorlariga sud hukmi oʻqildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala