Infografika

Eldor Shomurodov - Italiyada birinchi mavsum yakunlari

"Jenoa"ning oʻzbekistonlik hujumchisi oʻzining birinchi mavsumini yuqori natija bilan yakunladi - u soʻnggi oltita oʻyindan beshtasida gol urishga muvaffaq boʻldi.
Rossiya premyer ligasining eng natijali oʻyinchisi, "Rostov" jamoasining sobiq hujumchisi, oʻzbekistonlik Eldor Shomurodov Italiyadagi birinchi mavsumini yakunladi.
Tan olish kerak, Eldor Italiyaga kelgan dastlabki kunlarida turli sabablarga koʻra, bir necha bor oʻyinlarni oʻtkazib yuborishga va zahirada kutishga majbur boʻlgan edi. Lekin mavsum yakuniga kelib Eldor oʻzining qobiliyatli hujumchi ekanini namoyish qila oldi.
Xususan, u ishtirok etgan 31 oʻyindan 8tasida gol urishga va bittasida golli uzatma berishga muvaffaq boʻldi. Eng muhimi esa u kiritgan gollar tufayli "Jenoa" mavsumni 11-oʻrinda tugatdi va A-seriyada oʻrnini saqlab qoldi.
Undan tashqari, Sport24 nashri yozishiga koʻra, Shomurodov "Jenoa"da raqib uchun eng koʻp "xavfli daqiqalar" yaratgan futbolchi boʻlgan. Shuningdek havodagi bellashuvlardan 53tasida gʻolib chiqqan. Hujumchi uchun bu ajoyib natija, deb yozadi nashr.
Shu bilan birga Eldor Shomurodovning muxlislari jugʻrofiyasi ham tobora kengayib bormoqda. Dastlab uning yutuqlarini faqat oʻzbekistonlik futbol muxlislari kuzatib kelishgan boʻlsa, "Rostov"da oʻtkazgan 3 yildan soʻng - Rossiyada ham koʻplab muxlislarga ega boʻldi. Ulardan biri 13 yoshli Maksim degan bola, YouTubeda Eldorning oʻziniga izoh berish orqali mashhur boʻlgan edi.
Oʻzbekistonlik futbol yulduzi Eldor Shomurodovning Italiyadagi yutuqlari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala