Eldor Shomurodov - Italiyada birinchi mavsum yakunlari

Obuna bo‘lish
"Jenoa"ning o‘zbekistonlik hujumchisi o‘zining birinchi mavsumini yuqori natija bilan yakunladi - u so‘nggi oltita o‘yindan beshtasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Rossiya premyer ligasining eng natijali o‘yinchisi, "Rostov" jamoasining sobiq hujumchisi, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov Italiyadagi birinchi mavsumini yakunladi.
Tan olish kerak, Eldor Italiyaga kelgan dastlabki kunlarida turli sabablarga ko‘ra, bir necha bor o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga va zahirada kutishga majbur bo‘lgan edi. Lekin mavsum yakuniga kelib Eldor o‘zining qobiliyatli hujumchi ekanini namoyish qila oldi.
Xususan, u ishtirok etgan 31 o‘yindan 8tasida gol urishga va bittasida golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Eng muhimi esa u kiritgan gollar tufayli "Jenoa" mavsumni 11-o‘rinda tugatdi va A-seriyada o‘rnini saqlab qoldi.
Undan tashqari, Sport24 nashri yozishiga ko‘ra, Shomurodov "Jenoa"da raqib uchun eng ko‘p "xavfli daqiqalar" yaratgan futbolchi bo‘lgan. Shuningdek havodagi bellashuvlardan 53tasida g‘olib chiqqan. Hujumchi uchun bu ajoyib natija, deb yozadi nashr.
Shu bilan birga Eldor Shomurodovning muxlislari jug‘rofiyasi ham tobora kengayib bormoqda. Dastlab uning yutuqlarini faqat o‘zbekistonlik futbol muxlislari kuzatib kelishgan bo‘lsa, "Rostov"da o‘tkazgan 3-yildan so‘ng - Rossiyada ham ko‘plab muxlislarga ega bo‘ldi. Ulardan biri 13 yoshli Maksim degan bola, YouTubeda Eldorning o‘ziniga izoh berish orqali mashhur bo‘lgan edi.
O‘zbekistonlik futbol yulduzi Eldor Shomurodovning Italiyadagi yutuqlari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0