Sport

Milliy jamoaning Saudiya Arabistoniga yoʻl oladigan tarkibi eʼlon qilindi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutbolist Odil Axmedov
Futbolist Odil Axmedov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Vadim Abramov Saudiya Arabistonida oʻtadigan markazlashgan saralash bahslari uchun yakuniy tarkibni eʼlon qildi
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Saudiya Arabistonida oʻtadigan markazlashgan saralash bahslari uchun yakuniy tarkibni eʼlon qildi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga koʻra, milliy jamoasi iyun oyida boʻlib oʻtadigan muhim uchrashuvlar oldidan Toshkentda tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinini yakunlagan.
Jamoa 28 may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yoʻl oladi. Qisqa muddatli tayyorgarlik rejasiga koʻra, futbolchilar Dubay shahrida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.
Avstraliya jamoasi tarkibidagi bir necha futbolchi jarohat olganligi sababli Avstraliya tomoni 29 may kungi Oʻzbekistonga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligini maʼlum qildi. Shu sababli, milliy jamoa 30 may sanasida Tailand vakillariga qarshi toʻp suradi va 1 iyun kuni Saudiya Arabistoniga joʻnab ketadi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov Saudiya Arabistonida oʻtadigan JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar uchun 28 nafar futbolchini jalb etgan.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOʻzbekiston milliy jamoasining Saudiya Arabistoniga yoʻl oladigan tarkibi
Oʻzbekiston milliy jamoasining Saudiya Arabistoniga yoʻl oladigan tarkibi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Oʻzbekiston milliy jamoasining Saudiya Arabistoniga yoʻl oladigan tarkibi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi maydonga tushadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala