Rossiya

“Ochiq osmon shartnomasiga qaytmaslik”: Rossiya TIV AQSH qarori boʻyicha izoh berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishDemonstratsiya raketы 9M729 dlya voyennыx attashe
Demonstratsiya raketы 9M729 dlya voyennыx attashe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Jenevada 16 iyun kuni Putin va Bayden oʻrtasida uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 28 may — Sputnik. AQShning Ochiq osmon shartnomasiga qaytmaslik toʻgʻrisidagi qarori, Vladimir Putin va Jo Baydenning yaqinlashib kelayotgan sammiti fonini yomonlashtirmoqda, deb hisoblashmoqda TIVda.
"Albatta, bu qadam yetakchilar uchrashuvi davomida qurollar ustidan nazorati masalalarini muhokama qilish uchun qulay muhit yaratishga hissa qoʻshmaydi, ammo bu uchrashuv ancha katta kun tartibi asosida oʻtishini taʼkidlamoqchiman"- dedi vazir oʻrinbosari Sergey Ryabkov.
 Tsentralnыy muzey VVS RF v Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2020
Dunyoda
AQSH ishtirok etmasa Ochiq osmon shartnomasining ahamiyati qolmaydi - Pushkov
Oldinroq AQSH albatta shartnomani tark etishi va "Rossiya qonunbuzarliklari"dan afsusda ekanligini maʼlum qildi. Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni asossiz, kelishuvning yoʻqolishi esa yomon belgi deb aytdi.
"Sodir boʻlayotgan voqealar uchun ayb Vashingtonda va AQSH ittifoqchilarida, ularga bu sohada nima boʻlayotgani ahamiyati yoʻq", - taʼkidladi Ryabkov. Shu bilan birga, u Rossiya oʻz xavfsizligini bu shartnomasiz ham taʼminlaydi, deb taʼkidladi.
Putin va Bayden 16 iyun kuni Jenevada uchrashishi kerak.

Ochiq osmon boʻyicha shartnoma

Ochiq osmon boʻyicha shartnoma (DON) 2002 yil 1 yanvarda kuchga kirdi va sovuq urushdan keyin Yevropada ishonchni mustahkamlash choralaridan biriga aylandi: 34ta davlatga bir-birlarining harbiy kuchlari va faoliyati toʻgʻrisida ochiqcha maʼlumot toʻplash imkonini berdi.
Oʻtgan yilning may oyida Qoʻshma Shtatlar shartnomadan chiqish tartibini boshladi va u 22 noyabrda yakunlandi.
Rossiya va AQSH SNV 3ni uzaytirishga kelishib oldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Video
"Yaxshi muhim qadam": Rossiya va AQSH SNV-3'ni uzaytirishga kelishib oldi - video
2021 yil yanvarda Moskva Dondan chiqib ketish boʻyicha idoralararo jarayonni boshlanganligini eʼlon qildi. Vashingtonning xatti-harakatlari boshqa davlatlar manfaatlari muvozanatini sezilarli darajada buzgani qayd etildi.
19 may kuni Davlat Dumasi hujjatni denonsatsiya qilish loyihasini qoʻllab-quvvatladi. 2 iyun kuni u parlamentning yuqori palatasida koʻrib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala