Jamiyat

Oʻzbekiston - Rossiya tibbiy hamkorligi COVID tekshiruvidan oʻtdi

© Minzdrav UzbekistanaPriyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Oʻzbekistonda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi - SSV.
TOSHKENT, 28 may – Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiyaning tibbiyot sohasidagi munosabatlari COVID tekshiruvidan muvaffaqiyatli oʻtdi, dedi sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Mixail Murashko boshchiligidagi Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvda.

Shuningdek, uchrashuv doirasida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan hamda ushbu universitet bilan oʻrtasida hamkorlik kelishuv imzolandi, - deyilgan xabarda.

© Minzdrav UzbekistanaPriyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiya va Oʻzbekiston orasida tibbiy taʼlim sohasida hamkorligi Rossiya bilan tibbiy taʼlim sohasida ham hamkorlik izchil rivojlanayotganini alohida qayd etdi.
Xususan:
2019-20 oʻquv yilida Oʻzbekistondagi 9ta tibbiy oliygoh Rossiya OTMlari bilan birgalikda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura darajasida oʻnlab mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyishdi.
Undan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan universitetlararo hamkorlik markazi ochildi.
2020 yilda Rossiya Federatsiyasining yetakchi tibbiyot va taʼlim muassasalaridan 80 ga yaqin mutaxassislar yuqori texnologiyali tibbiyot sohasida mahorat darslarini oʻtkazish va namoyish etish uchun taklif qilindi.
2019-2020 yillar davomida Rossiya Federatsiyasining yetakchi klinikalari va tibbiyot markazlari hamda oʻquv muassasalarida 300 ga yaqin oʻzbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar tibbiy taʼlim, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, onkogematologiya, jumladan, bolalar onkogemotologiyasi xizmati rivojlantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, jamoat salomatligi kabi qator yoʻnalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Tibbiy taʼlim, fan va amaliyotni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun, Rossiyada malakali professor-oʻqituvchilar mehnati, oʻquv dasturlarining turli tumanligi va iqtidorli talabalar uchun stipendiya dasturlari mavjudligi tufayli tibbiy taʼlim sifati dunyoda yuqori koʻrsatkichlardan birini egallaydi. Shu sababli, Rossiya bilan barcha sohalar singari sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish alohida ahamiyatga ega, deyilgan xabarda.
© Minzdrav UzbekistanaPriyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala