Jamiyat

Qashqadaryo yaylovlarida chigirtkaga qarshi kurash boshlandi

© Xokimiyat kashkadarbiskovObrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye
Obrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Qoʻshni respublika hududidan Qashqadaryoga uchib oʻtayotgan chigirtkaga qarshi kurash uchun 24 soat toʻxtovsiz ishlaydigan shtab tashqil qilindi.
TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Qashqadaryo yaylovlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari boshlandi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga koʻra, viloyatning qoʻshni respublikaga chegaradosh boʻlgan Dehqonobod tumanidaga Xujapalas qishlogʻi yaylovlariga, shuningdek, Gʻuzor tumani (Taxam, Janqara, Kengsoy) yaylovlariga Turkmanistondan zararli marokash chigirtkalarining katta toʻdalari uchib oʻtayotgani aniqlangan.
© Xokimiyat kashkadarbiskovObrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye
Obrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Obrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye
Ushbu hududlarda tezkorlik bilan maxsus otryadlar tuzilib, ularga 74 turdagi ishlov tadbirlarini amalga oshirish texnikalari jalb etilib, zararli chigirtkalarga qarshi samarali kimyoviy ishlovlar oʻtkazish ishlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, 24 soat ishlaydigan maxsus shtab tashkil etilgan.
2021 yilda Qashqadaryo viloyatida chigirtkalarga qarshi 140 ming gektar maydonga kimyoviy ishlovlar oʻtkazilishi bashorat qilingan boʻlib, shundan, Gʻuzor, Dehqonobod, Qamashi, Nishon, Mirishkor, Chiroqchi va Shahrisabz tumanlari yaylovlarida 88,5 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar berish yakunlandi.
© Xokimiyat kashkadarbiskovObrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye
Obrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Obrabotka poley protiv nasekomыx v Kashkadarye
Ishchi guruh rahbari Zoyir Mirzayev “Oʻzagrokimyohimoya” AJ chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati Qashqadaryo filiali boshligʻi Gʻayrat Joʻrayev bilan muloqot qilib, zararli chigirtkalarga qarshi kurashish ishlari uchun zaruriy qoʻshimcha mablagʻlarni ajratishini bildirdi.
Ushbu mablagʻlar yana 20 ming gektar yaylovlarga ishlov tadbirlari olib borish uchun kimyoviy vositalar, yoqilgʻi va texnikalar uchun ehtiyot qismlar xarid qilishga sarflanadi.
Xabarda aytilishiga koʻra, 10 iyunga qadar ushbu zararli chigirtkalarga qarshi samarali ishlar amalga oshirilib, boshqa viloyatlarga kirib bormasidan yoʻq qilinishiga erishiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala