Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMoskovskiy klinicheskiy tsentr infektsionnыx bolezney "Voronovskoye"
Moskovskiy klinicheskiy tsentr infektsionnыx bolezney Voronovskoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Kecha 280 kishida koronavirus aniqlandi, 2 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi.
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Kecha Oʻzbekistonda yana 280 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 100 124 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kecha eng koʻp kasallanganlar Toshkent shahri (127), Toshkent (46) va Samarqand (40) viloyatlarida aniqlangan. Qolgan hududlarda 2 tadan 13 taga yangi kasallanish holati qayd etilgan.
Mamlakatda sogʻayganlar 95 786 (+257) nafarga yetgan va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Kecha yana ikki bemor vafot etib, qurbonlar soni 690 nafarga yetgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3648 nafar bemor davolanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala