Hodisalar

Andijonda ketmon bilan urib oʻldirilgan ayol voqeasi tafsilotlariga oydinlik kiritildi

© GenprokuraturaZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Aniqlanishicha, Andijonda ketmon bilan urib oʻldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak oʻldirgan. Erkak hozir hibsga olingan.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Bosh prokuratura Andijonda ketmon bilan urib oʻldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak oʻldirganini maʼlum qildi.
Avvalroq Andijonda kelin oʻz qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib oʻldirgani aytilayotganligi haqida xabar tarqalgan edi.
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Hodisalar
Andijonda kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib oʻldirgani aytilmoqda
Aniqlanishicha, 44 yoshli erkak M.E. 14 aprel kuni soat 17:42 larda Oltinkoʻl tumani "Markaz" MFYdagi uyda yashovchi M.Ergasheva (1942 y.t.) bilan xonadonni devor bilan boʻlish masalasi yuzasidan oʻzaro tortishib qolgan. Keyin qoʻlidagi ketmon bilan jabrlanuvchining boshga urib, uning oʻlimiga sababchi boʻlgan.

Ish hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, qotillikda gumonlanuvchi erkak M.E. marhumaning sobiq kelini bilan turmush qurib, yashab kelgan.

Hodisa joyi koʻzdan kechirilganda 2 dona xoʻjalik ketmoni, 1 dona temir ketmon va qonga oʻxshash dogʻlardan namunalar olingan.
Gumonlanuvchi M.E.dan 14 aprel kuni olingan qon namunasida 1,5 foiz etil spirti borligi aniqlangan.
M.E.ga nisbatan 15 aprel kuni JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan ayb eʼlon qilgan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala