Jamiyat

Mail.ru va Twitter kompaniyalariga serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishga oid koʻrsatma berildi

© Sputnik
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Qayd etilishicha, "VKontakte", Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari oʻzbekistonliklarning shaxsiy maʼlumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda
TOSHKENT, 31may — Sputnik. “Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi bir qator mediagigantlarga koʻrsatmalar berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.
Gap Mail.ru Group (“Vkontakte” ijtimoiy tarmogʻi), Twitter Inc (Twitter) hamda Tencent-Inc (WeChat) haqida bormoqda.
Qayd etilishicha, bu kompaniyalar respublika fuqarolarining shaxsiga doir maʼlumotlarga qonuniy talablariga zid ravishda ishlov berilmoqda.
A man types on a computer keyboard  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini mamlakatda saqlash majburiy boʻladi
Xususan, ular Oʻzbekistonning “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunining 27−1-moddasini buzishgan.
Yuqoridagi kompaniyalarga Oʻzbekiston qonunchiligi talablariga rioya etilishini taʼminlash choralarini koʻrish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Facebook Inc Google, Mail.ru, Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter va Yandex kompaniyalariga serverlarini mamlakatga koʻchirishga oid talabnomalar yuborgan edi. Mazkur tartib 16 apreldan oʻrnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala