Jamiyat

Saylov kodeksiga oʻzgartirish kiritildi

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi, ish joyi kiritilmaydi.
TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga imzo chekdi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi 8–18 aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. Ilgari 6-8 nafar edi.
Endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi kiritilmaydi.
Vыborы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Siyosat
Rasman: prezident saylovlari oktyabr oyida oʻtkaziladi
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq amaldagi Saylov kodeksiga qator oʻzgartishlar kiritilishi kutilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala