Iqtisod

Bizda anorchilik boʻyicha anʼana bor, lekin ilm yoʻq, laboratoriya yoʻq – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev osmotrel granatovыy sad, razbitыy v maxalle Buston Sherabadskogo rayona.
Prezident Shavkat Mirziyoyev osmotrel granatovыy sad, razbitыy v maxalle Buston Sherabadskogo rayona. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Sherobod tumani "Boʻston" mahallasida tashkil etilgan anor bogʻini koʻzdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sherobodning anorlari katta, mazali, hosildor boʻladi. Tumanda 48 ta mahallaning 33 tasi anor yetishtirishga ixtisoslashgan. 5 mingdan ziyod aholi anor yetishtirish bilan shugʻullanib, undan katta daromad topmoqda.
Fruktы na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Rossiya
Oʻzbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
Shunday anorzorlardan biri "Sardorbek Sultonbek" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tumanning "Boʻston" mahallasida tashkil etilgan. Prezident ushbu bogʻni koʻzdan kechirdi.
43 gektar yerda 30 ming donadan ziyod anor ekilgan. Qozoqi navli ushbu anorning bir donasi 1 kilogrammdan ziyod tosh bosishi mumkin. Koʻchatlar bu yildan hosilga kirdi. Yiliga jami ming tonnadan ziyod mahsulot olish moʻljallangan. Shu yerda Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali tadqiqotchilari bilan muloqot boʻldi.
Bizda anorchilik boʻyicha anʼana bor, lekin ilm yoʻq, kitob yoʻq, laboratoriya yoʻq. Anor jaydari usulda yetishtirilyapti. Kasallikdan himoya qilishni hamma ham bilmaydi. Eng katta narsa - nav kerak. Keyin shu navni xonadonlarga kirgazish zarur.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Surxondaryoda qishloq xoʻjaligini innovatsion yoʻnaltirish boʻyicha institut tashkil etish, anor bilan birga limon, xurmo yetishtirishni koʻpaytirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Davlat rahbari tumanning "Kattabogʻ" mahallasida anorchilik bilan shugʻullanayotgan Abdurahmon Karimov xonadonida ham boʻlib, aholi turmushi va tomorqalardan foydalanish holati bilan tanishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala