Dunyoda

NASA 2028 yilda Venera sayyorasini oʻrganishni boshlaydi – video

Venera - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. NASA olimlari Venera sayyorasiga u yerda suv va hayot izlarini oʻrganadigan ikkita kosmik qurilmani yuborishga hozirlanishmoqda.
Gap Davinci+ va Veritas haqida bormoqda. Har bir missiyani tayyorlash uchun taxminan 500 million dollar mablagʻ ajratilgan. Har ikkalasi ham 2028-2030 yillarga moʻljallanmoqda.
Ularning har ikkisi Yerga Zuhro yulduzining suratlarini yuboradi hamda uning tuzilishi, atmosfera tarkibi va suvni oʻrganadi.
NASAning asosiy vazifasi Venerada hayot bor yoki yoʻqligini oʻrganish. Hech boʻlmaganda bakteriya holatida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala