Jamiyat

Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning saratonni davolash shifoxonalarini qurish tajribasini oʻrganmoqda

© IA "Dunyo"Delegatsiya Uzbekistana vo glave s ministrom zdravooxraneniya Abduxakimom Xadjibayevыm pribыla v Yujnuyu Koreyu
Delegatsiya Uzbekistana vo glave s ministrom zdravooxraneniya Abduxakimom Xadjibayevыm pribыla v Yujnuyu Koreyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Oʻzbekiston SSV rahbari Janubiy Koreyaga tashrifi davomida koreyalik hamkasbi Kvon Dok Chol bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga saratonni davolash shifoxonalarini qurish boʻyicha koreys tajribasi va texnologiyalarini oʻrganish maqsadida keldi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, Toshkentda kasallik darajasi yuqori boʻlgan saraton xastaliklarini davolash va faoliyat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarni qurish rejalashtirilmoqda.
Peregovorы Natsionalnoy palatы i Yujnokoreyskogo professora Choy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2020
Jamiyat
Oʻzbekistonda Koreya uslubida Onkologiya markazi tashkil qilinadi
Oʻzbekiston tomoni saraton shifoxonalarini tashkil etishda Janubiy Koreya ekspertlari va yetakchi kompaniyalarining ishtirokini taʼminlash borasida taklif bildirdi. Koreya Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Kvon Dok Chol mamlakat hukumati "nou-xau"lardan foydalanish orqali Oʻzbekiston xalqining salomatligini yaxshilashga hissa qoʻshish imkoniga ega boʻlishdan xursand ekanini aytdi.
Shuningdek, u sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha hukumatlararo ishchi guruhining yigʻilishlari kun tartibini aniqlab olish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev may oʻrtalarida Toshkent tibbiyot akademiyasi hududiga borib, Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binosi uchun moʻljallangan joyni koʻrgan edi. Yangi binoni Janubiy Koreya tajribasi va loyihasi asosida qurish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala