Jamiyat

Oʻzbekistonda “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi: u bilan kimlar taqdirlanadi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova Festival molodeji v Chirchike

Festival molodeji v Chirchike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshganlar taqdirlanadi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Hukumat qarori bilan “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
Qarorga koʻra, koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshgan, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subʼyektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadi.
© Telegram / huquqiyaxborot“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni
Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻz tashabbusiga asosan xorijlik hamkorlari, chet eldagi turdosh tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarini millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.
Taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (980 ming soʻm) miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala