Iqtisod

Rossiyada mehnat resurslari narxi 50-100 foizga oshdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishZamestitel predsedatelya pravitelstva RF Marat Xusnullin
Zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Marat Xusnullin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiya hukumati ayni damda mehnat migrantlari kirib kelishini soddalashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqmoqda.
TOSHKENT, 3 iyun - Sputnik. Rossiyada qurilish sohasida migrantlar yetishmovchiligi tufayli vaziyat juda ogʻir. - dedi Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtayotgan xalqaro iqtisodiy forumda bosh vazir oʻrinbosari Marat Xusnulin.
"Hozir migrantlar va mehnat resurslari boʻyicha vaziyat juda ogʻir. Mehnat resurslari narxi 50-100%ga oshdi. Bu degani bizda mablagʻ yetishmayapti degani emas, balki qurilishda ishlashi mumkin boʻlgan odamlar yoʻq", - dedi Xusnulin.
Bosh vazir oʻrinbosari aytishiga koʻra, koronavirusga qarshi shtab rahbari Tatyana Golikova ishtirokida boʻlib oʻtgan majlisda, Rossiyada qurilish sohasida ishlashga tayyor boʻlgan mehnat migrantlari uchun kirish tartibini soddalashtirish mexanizmi tayyorlangan.
"Ikkinchi bosqichda biz ushbu yechimni hukumat rahbari darajasiga olib chiqamiz", - dedi Husnulin.
Maʼlumot uchun, Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forum 2-5 iyun kunlari oflayn formatda boʻlib oʻtmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala