Migratsiya

Rus tilida erkin soʻzlashish va Rossiya tarixi: migrantlarga qanday talablar qoʻyildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yazыku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma va patent olmoqchi boʻlgan chet elliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishning talablari belgilandi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Rossiya hukumati chet ellik ishchilar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishning minimal darajasi talablarini tasdiqladi. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida chop qilingan.
Endilikda Rossiyaga ishlashga kelgan xorijliklar ijtimoiy-maishiy va ayrim kasbiy mavzularda erkin gaplashishlari shart. Xususan, bu ishga joylashish, kasalxonada maslahat olish va politsiyaga murojaat qilishga taalluqli. Bundan tashqari, ular zaruriy hujjat va arizalarni mustaqil toʻldira olishlari kerak.
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Migratsiya
Migrantlarni mahkumlar bilan almashtirish mumkin emas - Volodin
Rossiyaga tarixiga toʻxtaladigan boʻlsak, xorijliklar ishlar uchun Rossiya tarixidagi eng muhim voqealarini bilishlari darkor. Ular yana poytaxt va boshqa yirik shaharlar nomi, asosiy davlat bayramlarini yodlashlariga toʻgʻri keladi.
Rossiya qonunchiligi asoslaridan Rossiya hududida boʻlishda xorijlik fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilish talab qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya IIV migratsiya oqimini tartibga solish uchun qanday takliflar tayyorlagani maʼlum boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala