Dunyoda

Facebook siyosatchilarni imtiyozlardan mahrum qiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Kengash tegishli tavsiyalarga javob uchun Facebookka 5 iyunga qadar vaqt bergan.
TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Facebook kompaniyasi oʻziga tegishli ijtimoiy tarmoqda xabar eʼlon qiladigan siyosiy arboblarni imtiyozlardan mahrum qilmoqchi, deb xabar beradi Verge.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Facebook juma kuni eʼlon qilmoqchi boʻlgan oʻzgarishlar AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini bloklash toʻgʻrisidagi qaror bilan bogʻliq. Ushbu qaror nazorat boʻyicha kengash (kontent boʻyicha eng munozarali qarorlarini qayta koʻrib chiqish uchun kompaniya tomonidan moliyalashtiriladigan mustaqil guruh) tomonidan qabul qilingan.
Nazorat organi Facebookning siyosatchilarga alohida munosabatini tanqid qilib, "barcha foydalanuvchilarga bir xil qoidalar tatbiq etilishi lozim", deya bayonot qilgan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Tramp afroamerikalik Jorj Floydning oʻldirilishi hodisasidan soʻng Facebookni provokatsiyalar maqsadida foydalangach, ijtimoiy tarmoqning aralashmaslik siyosati foydalanuvchilar tanqidiga uchragan.
Kengash tegishli tavsiyalarga javob uchun Facebookka 5 iyunga qadar vaqt bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala